Namunali neft navlarining narxi 18-avgust, payshanba kungi sotuvlarda oshib bormoqda, jumladan, Brent rusumli neftning bir barreli 5-iyuldan beri birinchi marta 50 dollardan yuqori baholanmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Brent’ning oktabr fyucherslarining bir barreli Londonning ICE Futures birjasida 50,03 dollarga baholanmoqda.
WTI neftining sentabr fyucherslari kotirovkalari Nyu-York tovar birjasida 47,12 dollarni tashkil etdi.
AQSh yoqilg‘i zaxiralari haqidagi ma’lumotlar bozorga ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda, deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)