Turkiya rasmiylari harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng 40 ming kishini qo‘lga oldi, ulardan yarmi hibsda qoldirildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim 17-avgust, chorshanba kuni televideniye orqali chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Qurolli kuchlar, politsiya, sud va tergov idoralari, hukumat apparatida o‘tkazilgan tozalashlar natijasida salkam 80 ming kishi davlat xizmatidan bo‘shatildi. Fathulloh Gulen harakati bilan bog‘liq bo‘lgan 4262 kompaniya va tashkilot yopildi.
Izoh (0)