AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan tanishish uchun Trump Tower binosiga ko‘tarilgan Greyt-Folsda (Virjiniya shtati) yashovchi 19 yoshli Stiven Rogata xavfli vaziyatni yuzaga keltirish va mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. Buni avvaldan rejalashtirgan va kerakli anjomlar xarid qilib, tayyorgarlik o‘tagan yigitcha ota-onasi shaharda emasligidan foydalanib, Nyu-Yorkka yo‘l olgan. Bu haqda CBS telekanaliga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ayblovga ko‘ra, Rogata so‘rgich va sim arqonlar yordamida osmono‘par binoga tirmashib, aholi jismoniy jarohat olishi xavfini tug‘dirgan. U ko‘tarilish chog‘i noutbukini tushirib yuborgan va uning bo‘laklari beshinchi qavatdagi odamlar turgan ochiq maydonga tushgan. Shuningdek, Rogataning binoga ko‘tarilishi shahar ko‘chalarida tiqilinchni yuzaga keltirdi.
Tramp bilan shaxsan uchrashish istagida bo‘lgan yigitcha maqsadiga erishmadi — ikki soatdan so‘ng politsiya uni qo‘lga oldi va 21-qavatdagi deraza orqali binoga olib kirdi. Qarangki, Trampning o‘zi bu paytda Nyu-Yorkda emas, yigitcha tug‘ilib-o‘sgan Virjiniyada edi. Rogataning advokati himoyasi ostidagi shaxs ruhiy kasallikdan davolanyotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)