Rossiyalik tijoratchi Alisher Usmonov Londonning “Arsenal” jamoasidagi ulushini sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda, Evening Standard’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“OAVdagi ayrim spekulyativ xabarlardan farqli ravishda, Red and White Holdings Limited aniq bayonot beradiki, janob Alisher Usmonov Arsenal Holdings Plc’dagi ulushini sotishni rejalashtirmayapti”, — dedi biznesmenning vakili.
Ilgariroq The Sun nashri Usmonov London jamoasidagi ulushini sotib, Liverpulning “Everton” klubi aksiyalarining bir qismini xarid qilishni hamda Red and White Securities LTD kompaniyasi bo‘yicha sobiq hamkori, “Everton” aksiyalarining 49,9 foiziga egalik qiluvchi Farhod Moshiriga sherik bo‘lishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. Ammo tijoratchining vakili bu xabarlarni tasdiqlamadi.
“Janob Usmonov ‘Arsenal’ga investitsiya kiritishda davom etadi va klubdagi ulushini o‘z oilasi va kelajak avlodlar uchun uzoq istiqbolli investitsiya sifatida ko‘radi”, — dedi u.
Izoh (0)