O‘zbekiston mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ijtimoiy dorixona ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, mustaqillikning 25 yilligi bayrami oldidan “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan joylarda 60 ga yaqin ijtimioiy dorixonalar ishga tushirilmoqda. Uchko‘prik tumanida ish boshlagan shunday zamonaviy dorixonada arzon va sifatli dori-darmon vositalari sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda nazorat kassa mashinasi va to‘lov terminali o‘rnatilgani aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.
2016–2017-yillarda Farg‘ona viloyatida 12 ta ijtimoiy dorixona va uning 9 ta shoxobchasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Izoh (0)