Rio—2016 Olimpiadasida 70 nafar sportchi bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 36-o‘ringa ko‘tarildi.
Hozirga qadar terma jamoa 1 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boksning 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan Hasanboy Do‘stmatov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Olimpiadada kuchli uchlikdan joy olish dzyudochilar Rishod Sobirov va Diyorbek O‘rozboyev, bokschi Rustam To‘laganov va yunon-rum kurashi ustasi Elmurod Tasmurodovga nasib qildi.
Izoh (0)