Kongo Demokratik Respublikasida 45 tinch fuqaro ommaviy qotillik qurboni bo‘ldi. Bu haqda Beni shahri meri Nyoni Bvanakava ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Agentlikning bildirishicha, fojia 14-avgustga o‘tar kechasi Shimoliy Kivu provinsiyasidagi Beni shahrida sodir bo‘ldi. Kongo prezidenti Jozef Kabila voqea joyiga yetib bordi. Hujum terrorchilik akti deb baholanmoqda.
Armiya vakili Maka Yazukaya hujumni Uganda qurolli guruhlari isyonchilari amalga oshirganini aytdi.
Izoh (0)