On the Beach sayyohlik firmasi butun dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq mehmonxona xodimlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Uning natijalariga ko‘ra, rossiyalik sayyohlar eng beodob istiqomat qiluvchilar deb topildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Rossiyaliklarni respondentlarning 31 foizi qo‘pol deb hisoblaydi. Ikkinchi o‘rinda nemislar (20%), uchinchi o‘rinda esa fransuzlar (10%) qayd etilgan.
Shuningdek, mehmonxona xodimlari rossiyaliklarni eng shovqin-suronli istiqomat qiluvchilar qatorida sanamoqda. Biroq bu borada peshqadamlik britaniyaliklar (34%) va ispaniyaliklarga (25%) “nasib” etdi.
Mehmonxona mijozlari orasida eng xushmuomalasi sifatida respondentlarning 32 foizi Buyuk Britaniya fuqarolarini tan oldi.
Izoh (0)