Filippindagi qamoqxonalardan biridan qochish paytida granata portlashi oqibatida kamida o‘n nafar mahbus halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 11-avgust, payshanba kuni Paranyake shahrida sodir bo‘ldi. Mahbuslar muassasa ma’muriyati bilan turma sharoitlarini yaxshilash, xususan, kameralardagi odamlar sonini kamaytirishni muhokama qilmoqchi bo‘lgan. Shu bilan birga, politsiya xabar qilishicha, uchrashuvda ular o‘qotar va sovuq qurollar, jumladan granatalarni chiqargan va otishma boshlangan, shunda granata ham portlagan. Sakkiz mahbus voqea joyida, yana ikki kishi kasalxonada vafot etdi.
Tergovchilar fikricha, muzokaralar bahonasi ostida ular odamlarni garovga olib, qamoqxonadan qochmoqchi bo‘lgan. Bundan tashqari, mahbuslar qo‘liga qurollar qanday tushib qolgani tekshirilmoqda.
Izoh (0)