Kurd ko‘ngilli otryadlari AQSh kuchlari ko‘magida Iroqda IShIDning moliyaviy operatsiyalarini o‘tkazishda javobgar ekstremist Sami Jassim Muhammad al-Jaburiyni yo‘q qildi. Bu haqda, Iroq Kurdistoni Xavfsizlik kengashi bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Qo‘shma operatsiyasi bizning asosiy aksilterror bo‘linmamiz hamda AQSh maxsus operatsiyalar bo‘linmasi tomonidan Suriya-Iroq chegarasiga yaqin al-Qayumda o‘tkazildi”, — deyiladi bayonotda.
Nomi keltirilgan terrorchi tabiiy resurslar, xususan, gaz va neft ekspluatatsiyasi uchun javob bergani aytilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)