64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston vakili Fazliddin G‘oipnazarovning birinchi raqibi kongolik Dival Forele Malonga Dzalamou edi.
Mazkur jangda o‘zbekistonlik bokschi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 1/8 final chiptasini qo‘lga kiritdi. Bunda kongolik bokschi texnik nokaut qabul qilib oldi. Butun jang davomida G‘oipnazarov raqibini uch marta nokaut holatiga qadar olib bordi.
Nim chorak final jangini Fazliddin G‘oipnazarov 14-avgust kuni o‘tkazadi.
Izoh (0)