60 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Olimpiada musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Xurshid Tojiboyev chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Nimchorak finalda Buyuk Britaniya vakili Jozef Kordina bilan bellashgan Tojiboyev, raqibini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Xurshid Tojiboyev Rio—2016 dagi ishtirokini 1/16 finaldan boshlab, qatarlik Hoqon Ershekerni har uchala raundda mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. Bugun uning Riodagi ikkinchi g‘alabasi nishonlandi.
Chorak finalda o‘zbekistonlik bokschi braziliyalik Robson Konseysan bilan jang qiladi. Ma’lumot uchun, Konseysan 1/8 finalda tojikistonlik bokschi ustidan texnik g‘alabaga erishdi.
Izoh (0)