Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti Alisher Usmonov Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada oldidan rossiyalik sportchilar uchun qo‘shimcha doping nazoratini joriy qildi, deb yozadi “RBK” qilichbozlik bo‘yicha olimpiya chempioni Yana Yegoryanga tayanib.
Sportchi qiz aniqlik kiritishicha, qo‘shimcha tekshiruvda barcha sportchilar qatnashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qilichbozlik bo‘yicha Rossiya terma jamoasining barcha a’zolari “toza” bo‘lib chiqqan. Yegoryan qo‘shimcha qilishicha, “qilichbozlik — kimdir nimadir qabul qiladigan sport turi emas”.
Yana Yegoryan Olimpiada o‘yinlarida Rossiya termasiga oltin medal keltirdi.
Izoh (0)