Rio–2016 Olimpiada o‘yinarida dzyudo bo‘yicha -66 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Rishod Sobirov bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
O‘zbekiston vakili avvaliga og‘ir kechgan o‘yinda qo‘shimcha vaqtda yuko bahosi evaziga Dmitriy Shershan ustidan g‘alaba qozondi. Keyin esa janubiy koreyalik An Bolga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchragan Sobirov bronza medali uchun o‘tkazilgan saralash bosqichida dastlab Dominika Respublikasi vakili Vander Mateoni, keyin esa sloveniyalik Adrian Gambochni taslim etdi.
Rishod Sobirov uchun bu faoliyati davomidagi Olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritgan uchinchi bronza medali edi.
Eslatib o‘tamiz, Rio—2016 Olimpiada o‘yinlarining birinchi kunida dzyudo bo‘yicha -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Diyorbek O‘rozboyev O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga birinchi medal — bronzani taqdim qilgan edi.
Izoh (0)