Toshkentdagi “Jar” stadionida 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Konfederatsiyasi kubogi start oldi. Bu haqda “Chempionat.Asia” xabar bermoqda.
Musobaqaning ilk o‘yinida O‘zbekiston-2 jamoasi Qirg‘izistonga qarshi kurash olib bordi. “A” guruhidan joy olgan bu jamoalarning bahsida 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. Gollarga O‘zbekistondan Sanjar Qodirqulov (45) va Sobit Sindorov (60-pen), Qirg‘izistondan esa Viktor Kelm (30, 44) mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston-2 musobaqada ishtirok etishni istamagan Eron jamoasi o‘rniga qatnashmoqda.
Izoh (0)