Rio–2016 Olimpiadasining dastlabki kun bellashuvlarida dzyudo bo‘yicha -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Diyorbek O‘rozboyev O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga ilk medalni taqdim qildi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
Bronza medali uchun o‘tish bellashuvida braziliyalik Felipe Kitadini mag‘lub etgan Diyorbek bronza medali uchun bahsda gruziyalik Amiran Papinashviliga qarshi tatamiga chiqdi. Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv o‘zbekistonlik dzyudochining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Izoh (0)