Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashida bo‘lib o‘tgan ikkinchi dastlabki ovoz berish natijalariga ko‘ra BMT bosh kotibligiga nomzodlar orasida yetakchilikni saqlab qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“U bu gal ham ovoz berishda g‘olib chiqdi, biroq bu safar unga qarshi ovoz bergan davlatlar bor”, — deya ta’kidlagan xalqaro tashkilotdagi manba.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilga qadar BMT qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari bo‘lib ishlagan Guterrish 11 ovoz to‘plagan, ikki delegatsiya unga qarshi chiqqan, yana ikkisi esa ovoz berishdan tiyilgan. Ilk ovoz berish yakunlarida bo‘lgani kabi, Sloveniyaning sobiq prezidenti Danilo Tyurk ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Argentina tashqi ishlar vaziri Susana Malkorra esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)