Daryo

BMT yangi bosh kotibi saylovining birinchi bosqichida portugaliyalik Antoniu Guterrish g‘olib bo‘ldi

U Sloveniyaning sobiq prezidenti Danilo Tyurkni biroz ortda qoldirdi

1 daqiqa o‘qish5 400 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Antoniu Guterrish

BMT yangi bosh kotibi nomzodiga ovoz berishning birinchi bosqichida xalqaro tashkilotning qochoqlar ishi bo‘yicha oliy vakili, portugaliyalik Antoniu Guterrish g‘olib bo‘ldi. U Sloveniyaning sobiq prezidenti Danilo Tyurkni biroz ortda qoldirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Antoniu Guterrish Foto: EPA

Mazkur masala bo‘yicha yopiq eshiklar ortida ovoz berish 21-iyul, payshanba kuni boshlandi va bir necha oy davom etadi. Pan Gi Munni almashtiradigan BMT yangi bosh kotibi lavozimiga olti erkak va shuncha ayol da’vogarlik qilmoqda. Ayollar oldin hech qachon ushbu lavozimni egallamagan.

Ma’lumot uchun, bosh kotibni Xavfsizlik kengashi a’zolari saylaydi. Uning doimiy a’zolari (Rossiya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va Xitoy) nomzodga taqiq qo‘yish huquqiga ega, biroq o‘z davlatlaridan da’vogarni taqdim etolmaydi. Yakuniy qaror BMT Bosh assambleyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar