AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi koalitsiya samolyotlari Iroqning sobiq rahbari Saddam Husaynning Mosul shahrida joylashgan saroyiga zarba berdi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda “Interfaks” xabar bermoqda.
Zarba berishda, xususan, Britaniyaning ikki samolyoti ishtirok etdi. Nishon sifatida Dajla daryosi bo‘yida joylashgan saroy tanlangan edi. Binolar majmuida, koalitsiya harbiy qo‘mondonloigi ma’lumotlariga qaraganda, IShID a’zolari joylashgan edi. Terrorchilarning qo‘mondonlik nuqtasi o‘sha yerda joylashgani aytilmoqda.
Terrorchilar Mosulni 2014-yilda egallagan edi. Ayni paytda Iroq armiyasi koalitsiya harbiy-harbiy kuchlari ko‘magida shahar atrofida o‘rnashish, so‘ng jangarilarni siqib chiqarish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)