31-iyul kuni Ispaniya va Fransiyaning 19 yoshgacha bo‘lgan qizlari Yevropa Chempionatining final uchrashuvi doirasida maydonga tushdi.
Bellashuv Fransiya qizlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Vaholanki hammasi boshqacharoq bo‘lish ham mumkin edi.Hisob fransiyaliklar foydasiga ishlab turgan bir vaqtda Naikari Garsiya penaltidan gol ura olmadi. 1997-yilda tavallud topgan qiz jamoa sardori bo‘lgani uchun, 11 metrlik jarima zarbasini unga ishonishgandi.
O‘yin yakuniga sanoqli soniyalar qolganida Garsiya endi bir yo‘la bo‘m-bo‘sh darvozani 4 metrdan ishg‘ol qila olmadi. Oqibatda fransiyalik qizlar Yevropa chempionligini nishonladi.
Naikari Garsiya Yevropa Chempionatining 5 ta o‘yinida 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi, final esa uning uchun omadsiz bo‘ldi.
Izoh (0)