“Liverpul”ning germaniyalik golkiperi Loris Karius 8—10 haftaga safdan chiqdi. Bunga 23 yoshli futbolchi qo‘lini sindirib olgani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Endilikda u APLning dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Loris Karius mavsumlar oralig‘ida “Liverpul” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uni sotib olish uchun “qizillar” “Mayns”ga 6 million yevro to‘ladi.
Izoh (0)