Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitryi Peskov Suriyaning Idlib viloyatida Rossiyaning Mi-8 vertolyotining urib tushirilishi oqibatida harbiylar halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

“Afsuski, Suriyadan kelgan noxush xabar haqida bilasiz – u yerda bizning vertolyotimiz yerdan urib tushirildi. Ushbu vertolyot gumanitar missiyani bajarayotgandi. Vertolyot ichida bo‘lganlar, Mudofaa vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘ldi. Ular qahramonlarcha hayotdan ko‘z yumdi, chunki yerdagi qurbonlarning sonini kamaytirish uchun havo kemasini olib qochdi”, – dedi Peskov.

Peskov, shuningdek, Kreml hodisa oqibatida halok bo‘lgan harbiylarning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etganini ma’lum qildi. Prezident matbuot kotibi halok bo‘lganlar soni haqida aniq ma’lumot yo‘qligini aytib o‘tdi.

Suriyaning Idlib viloyatida urib tushirilgan Mi-8 harbiy-transport vertolyoti ichida besh kishi bo‘lganligi ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi