Armaniston poytaxti Yerevan shahri markazida namoyish aksiyasi ishtirokchilaridan biri o‘zini yoqib yubordi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, Armaniston prezidenti qarorgohi yaqinidagi Bagramyan xiyobonida o‘rta yoshdagi erkak o‘z ustiga benzin quyib yoqib yubordi.
Politsiya patrul-post xizmati polkini garovga olgan qurollangan guruhni qo‘llab-quvvatlash uchun Yerevan markaziga chiqqan namoyishchilar prezident qarorgohigacha borishga qaror qildi.
Namoyishning qolgan ishtirokchilari olovni bartaraf qilishga muvaffaq bo‘ldi, erkakning tanasi kuydi.
Bagramyan xiyoboni politsiya tomonidan qurshovga olindi.
Izoh (0)