Toshkentning Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida 29-iyulga o‘tar kechasi Chevrolet Spark va Chevrolet Cobalt avtomobillari ishtirokidagi yirik yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida hodisa guvohlari tomonidan qoldirilgan xabarlarga ko‘ra, avariya natijasida Spark ichida bo‘lgan barcha kishilar halok bo‘lgan. Ayni vaqtda, bir guruh foydalanuvchilar ba’zi yo‘lovchilar omon qolgani haqida yozmoqda. Bu borada hozircha aniq rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
Hodisa qanday ro‘y bergani to‘la aniq emas. Guvohlardan birining qayd etishicha, Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Spark svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga chorrahaga kirgan va Bobur ko‘chasi bo‘ylab aeroport tomonidan kelayotgan Cobalt unga kelib urilgan, natijada Spark ag‘darilib ketgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)