Toshkentning “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi chorrahada yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Jiguli” avtomashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Hodisa aynan qachon yuz bergani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Shuningdek, hodisa qanday yuz bergani, hodisa oqibatida jabrlanganlar bor-yo‘qligi ham noma’lum.
Fotoxabarga ko‘ra, mazkur avariyada “Jiguli”dan tashqari Nexia avtomobili ham ishtirok etgan. To‘qnashuv natijasida “Jiguli” nafaqat ag‘darilgan, balki uning orqa o‘qi ham chiqib ketgan, Nexia’ning esa kamida old o‘ng qismi jiddiy zararlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)