Virjiniya shtati senatori Tim Keyn Demokratik partiyadan AQSh vitse-prezidentligi lavozimiga nomzod sifatida rasman tasdiqlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Uning nomzodi Filadelfiya shahrida (Pensilvaniya shtati) 27-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan partiya birlashmasi qurultoyida bir ovozdan ma’qullandi. Unga raqobatchilar bo‘lmadi.
Kongress senati saytiga joylashtirilgan tarjimai holga ko‘ra, Keyn 58 yoshda, boshqarmada 2012-yildan buyon ishlamoqda. Bungacha siyosatchi Richmond shahrining meri (1998—2001-yillar), vitse-gubernator (2002—2006-yillar), Virjiniya shtati gubernatori (2006—2010-yillar), 2009—2011-yillarda esa Demokratik partiya Milliy qo‘mitasining raisi lavozimlarini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidentlik lavozimiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Virjiniya shtati senatori Tim Keynni tanlaganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)