Pokiston parlamenti “or-nomus qotilliklari”ni taqiqlovchi qonunni yaqin kelajakda ko‘rib chiqishi ma’lum qilinmoqda. Bu haqda, mamlakatda hukmron Pokiston musulmon ligasi partiyasi a’zosi va bosh vazir Navoz Sharifning qizi Maryam Navozga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Dawn nashrining bildirishicha, ushbu qonun loyihasining ko‘rib chiqilishi ko‘pdan buyon ortga surib kelinayotgan edi. Ammo fotomodel, ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Qandil Baloch o‘z akasi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgani bois keng jamoatchilik vakillari to‘lqinlanib, “or-nomus qotilliklari”ni keskin qoralab chiqdi. Shu munosabat bilan qonun loyihasini ko‘rib chiqishni tezlashtirish qarori qabul qilindi.
Pokistonda yiliga mingdan ortiq odam bunday qotilliklar qurboni bo‘ladi. Bunda asosan o‘z fe’l-atvori bilan oilasini “sharmanda” qilayotganlar yaqin qarindoshlari tomonidan o‘ldiriladi.
Izoh (0)