Saudi Aramco kompaniyasi gazni qayta ishlash uchun 13,3 milliard dollar sarflaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kompaniya gazni qayta ishlovchi Fadhili zavodini qurilishi bo‘yicha loyihaga jalb etilgan kontragentlar guruhi bilan shartnomalar imzoladi. Zavod qurilishi 2019-yilda yakunlanishi rejalashtirilmoqda. The Wall Street nashrining ma’lum qilishicha, uning quvvati kuniga 5 milliard kub fut (150 million kub metr)ni tashkil etadi.
Saudiya Arabistoni 2020-yilga kelib gaz qazib olishni kuniga 12 milliard kub futdan 17,8 milliard kub futgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, keyingi o‘n yil ichida mamlakat gaz qazib olishni kuniga 23 milliard kub futga yetkazish niyatida.
Izoh (0)