Germaniyaning Bild nashri Rossiya olimpiya terma jamoasining Rio–2016 Olimpiada o‘yinlaridagi medallar hisobini yuritmaydi va natijalari haqida ma’lumot bermaydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Rossiya olimpiya termasining Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida ishtiroki borasida aniq qarorni chetlab o‘tgan, deb yozdi nashr jurnalisti Valter Shtraten. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bild o‘z qarorini qabul qilib bo‘ldi.
“Agar Rossiya olimpiya terma jamoasi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olsa ham, Bild Rossiyani umumiy medallar ro‘yxatiga qo‘shmaydi. Rossiyalik sportchilarning natijalari shu tariqa e’lon qilinmaydi”, – deb ma’lum qildi nashr.
Izoh (0)