Afg‘oniston qurolli kuchlari oxirgi sutka davomida 119 jangarini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, operatsiya davomida “Tolibon” harakatining 22 jangarisi, shu jumladan, Hilmand viloyatining Sangin shahrida joylashgan guruh rahbari Mavlaviy Akax yo‘q qilindi.
Nangarxar viloyatining Achin tumanida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar davomida IShID guruhining 48 a’zosi o‘ldirildi. Yana 49 jangari Paktiya viloyatida yo‘q qilindi.
Operatsiya davomida qurol-yarog‘ zaxiralari topildi, shuningdek, qo‘lbola portlovchi uskunalar va minalar zararsizlantirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)