AQSH davlat qarzi tarixda ilk bor 37 trillion dollarga yetdi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik davlat qarzi dinamikasini aks ettiruvchi diagrammani yangiladi. Grafikda ko‘rsatilishicha, tashqi qarz hajmi rekord darajadagi 37 trillion dollarga chiqdi. Avvalgi rekord 2024-yil noyabrida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakat qarzi 36 trillion dollardan oshgandi.
AQSH Kongressining Qo‘shma iqtisodiy qo‘mitasi 2026-yil fevralida qarz yana qariyb 1 trillion dollarga ortishini kutmoqda. Amerika davlat qarzi nominal qiymati bo‘yicha dunyodagi eng yirik qarz hisoblanadi. Prezident Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida davlat qarzini kamaytirishga va’da bergandi.
O‘shanda u buni kriptovalyutalar yordamida amalga oshirishni taklif qilgan. Siyosatchi inauguratsiyadan oldin demokratlarni davlat qarzi chegarasini bekor qilgani uchun tanqid qilgan bo‘lsa-da, iyun oyida iqtisodiy inqirozning oldini olish uchun bu cheklovni butunlay bekor qilish tarafdori ekanini aytgan.
Keyinroq kongress Trampning davlat qarzi chegarasini 4 trillion dollarga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullagan.
Izoh (0)