AQSh prezidenti Barak Obama eng yaqin vaqtlar ichida telefon orqali Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan suhbatlashmoqchi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest brifingda jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bu juda tez orada bo‘lib o‘tadi, deb o‘ylayman”, — dedi u bo‘lg‘usi suhbatning sanasiga aniqlik kiritmagan holda.
Ernestning eslatishicha, ikki yetakchi yaqinda Varshavadagi NATO sammitida muloqot qilgan, undan avval esa Vashingtonda yadro xavfsizligi sammitida uchrashgan edi.
16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada isyonchilar guruhi harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urindi. Asosiy qo‘zg‘olonlar Istanbul va Anqarada bo‘lib o‘tdi. Mamlakat rahbariyati fitna daf qilinganini e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 208 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 100 nafar isyonchi o‘ldirildi, 1,5 mingga yaqin kishi esa yaralandi.
Izoh (0)