Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinishda ishtirok etgan generallardan biri o‘ldirildi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bayonotiga tayanib, Anadolu ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Avvalroq Turkiya hukumati rahbari mamlakat hukumati 130 nafar isyonchi askarni hibsga olganligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Anqaradagi tartibsizliklar vaqtida 42 kishi, jumladan, 17 nafar politsiya xodimi halok bo‘lganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Reuters’ning ma’lum qilishicha, Yildirim o‘zining ommaviy chiqishi davomida to‘ntarishga urinish ishtirokchilari tomonidan foydalanilgan harbiy samolyotlarni yo‘q qilishga buyruq berganligini bayon qilgan.
Mamlakatda g‘alayonlar boshlanishi bilan harbiy samolyotlar razvedka boshqarmasi, Bosh shtab va mamlakatning bosh davlat telekanali binosini o‘qqa tutdi. Shundan so‘ng, Turkiya Harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti Anqara osmonida turk harbiylari vertolyotini urib tushirdi.
Eslatib o‘tamiz, 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi.
Izoh (0)