Pentagon birinchi marta kibermakonda IShID terrorchilik guruhiga qarshi hujum operatsiyasini boshladi, deb yozadi “TASS”.
The Washington Post xabariga ko‘ra, bu “yangi kiberurush” bo‘lib, uning doirasida dushmanning kommunikatsiya tizimlari va boshqa infratuzilmasiga zarbalar beriladi. Bu har qanday mamlakat harbiylari tomonidan raqamli qurol-yarog‘larning keng ko‘lamda va ommaga e’lon qilingan holda ishlatilishi bilan bog‘liq birinchi holatdir.
Ushbu faoliyatning oshkor etilishi — ongli ravishda qabul qilingan qaror. “Biz kiberoperatsiyalarni soyadan olib chiqmoqchimiz, chunki odamlar bizni yovuz va qo‘rqinchli narsa bilan shug‘ullanyapti, deb o‘ylaydi”, — dedi Pentagonning kibersiyosat bo‘yicha katta kuratorlaridan biri Aaron Xyuz.
Ta’kidlanishicha, IShIDga qarshi kiberhujum AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning bevosita buyrug‘i bo‘yicha boshlanmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)