Amerikaning NASA koinot agentligi Twitter’dagi sahifasiga Juno sayyoralararo stansiyasi tomonidan olingan Yupiter sayyorasining ilk suratini joyladi.
Suratda, shuningdek, Io, Yevropa va Ganimed yo‘ldoshlarini ko‘rish mumkin. 27-avgust kuni Juno gazli gigantni yaqindan suratga olishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, besh yil davomida Yupiterga qarab uchgan Juno sayyoralararo stansiyasi 4-iyul, AQSh mustaqilligi kunida Yupiter orbitasiga chiqqan edi.
Izoh (0)