Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlarga nisbatan “tarixiy huquqqa” ega emas. Tegishli qaror Gaagada Hakamlik sudining doimiy palatasi vositachiligida tashkil etilgan xalqaro tribunal tomonidan e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Pekin bir necha o‘n yildan buyon hududning ba’zi mamlakatlari bilan Janubiy Xitoy dengizidagi bir qator orollarning hududiy daxldorligi yuzasidan bahs yuritib kelmoqda. Gap, birinchi navbatda, Sisha arxipelagi (Parasel orollari), Nansha orollari (Spratli) va Xuanyan (Skarboro marjon qoyalari) haqida bormoqda.
Bahsga u yoki bu darajada Vyetnam, Bruney, Malayziya va Filippin ham aralashgan. 2013-yilning oxiridan buyon Pekin Janubiy Xitoy dengizida sun’iy orollarni yaratish, shuningdek, ushbu hududlarni kengaytirish va o‘zlashtirish yuzasidan yirik ko‘lamli gidrotexnik va qurilish ishlarini olib bormoqda.
Ba’zi ekspertlarning baholashicha, Pekin bu kabi harakatlar orqali hudud ustidan nazoratni qo‘lga kiritishga intilmoqda.
Izoh (0)