Rossiyalik sayohatchi Fyodor Konyuxov “Morton” havo sharida Yer yuzi bo‘ylab safarini boshladi. Uchish qurilmasi Avstraliyaning Nortxem shaharchasidagi aerodromdan mahalliy vaqt bilan 07:30 da parvoz qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Havo shari g‘arbdan sharqqa qarab harakatlanadi va sayohatchi Avstraliya, Tinch okeani, Janubiy Amerika (Chili, Argentina), Atlantika okeani, JAR, Hind okeanini kesib o‘tadi va yana Avstraliyaga qo‘nadi. Parvoz 5—10 kilometr balandlikda bo‘lib o‘tmoqda. Sayohat ikki hafta atrofida davom etishi va 33—35 ming kilometr masofa ortda qoldirilishi ko‘zda tutilgan.
“Safar boshlanganidan benihoya mamnunman, Albatta, agar Fyodor rekordni yangilay olsa (2002-yili amerikalik Stiv Fossett Yer yuzini 14 kundan kamroq muddatda aylanishga ulgurgan. Konyukov ham uning yo‘nalishi bo‘yicha uchmoqda), zo‘r ish bo‘lardi. Biroq rekord asosiysi emas, Fyodor parvozining o‘zi noyob holat”, — deya ta’kidladi havo sharini tayyorlangan Cameron Balloons kompaniyasi asoschisi va egasi Don Kameron.
Izoh (0)