“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniyada anchadan beri o‘zini baxtli his etmayapti. Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi finalidagi mag‘lubiyati va uni 21 oy muddatga shartli qamoq jazosiga hukm qilgan sud qaroridan so‘ng esa butkul tushkunlikka tushib qolgan. Bu haqda Cadena COPE manbalariga tayanib, “Chempionat” ma’lum qildi.
Klub tomonidan argentinalikni qo‘llab-quvvatlash uchun boshlangan kampaniya Messiga tatimadi. Hujumchi muhitni o‘zgartirishni istamoqda va 2018-yil yozida yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish niyatida emas.
Yaqinda uning otasi “Chelsi” egasi Roman Abramovich bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Biroq “Barselona” o‘z yetakchisini yozgi mavsumda qo‘yib yuborishi ehtimoldan uzoq ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)