FIFA sobiq rahbari Yozef Blatter saraton shishini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi, shundan keyin kasalxonadan uyiga ketish uchun javob berildi. Bu haqda Shveysariya OAVlariga tayanib, “Interfaks” xabar qildi.
Operatsiya Syurixda bo‘lib o‘tdi, u muvaffaqiyatli kechdi.
Shifokorlarga murojaat qilgan vaqtida 80 yoshli Blatterning hayoti xavf ostida bo‘lmagan, deya ta’kidlanadi xabarlarda.
Izoh (0)