O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 11-iyul, dushanba kuni havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 11-iyul kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +28...+33 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +35...+40 daraja, Toshkent shahrida esa +39...+41 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida dushanba kuni havo harorati +37...+42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)