Liviyaning sobiq rahbari — Muammar Kaddafining o‘g‘li Sayf al-Islom ayni paytda mamlakat shimoli-g‘arbidagi Zintan shahrida joylashgan qamoqxonada saqlanmoqda. Bu haqda, shahar ma’muriyati bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq matbuotda Sayf al-Islom aprel oyidayoq ozodlikka chiqarib yuborilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
“OAVda aylanib yurgan axborotga ters o‘laroq Sayf al-Islom qamoqda va ozodlikka chiqarilmaydi, — ma’lum qildi shahar ma’muriyati vakillari AFP agentligiga. — Uning taqdiri huquqiy me’yorlarga muvofiq hal qilinadi, oxir-oqibat adolat tantana qiladi”.
Izoh (0)