AQShda egizak opa-singillar Sara Marius va Li Rojers bir kun va bir soatda, ammo boshqa shaharlarda farzandlarini dunyoga keltirdi. Bu haqda People nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
35 yoshli amerikalik ayollarning to‘ng‘ichlari 30-iyunda tug‘ildi. Marius bu payt Denver klinikasida (Kolorado shtati), Rojers esa La-Xolya klinikasida (Kaliforniya shtati) bo‘lgan. Bolalar bir soat farqi bilan tug‘ildi, biroq shaharlar o‘rtasidagi vaqt tafovuti tufayli chaqaloqlar bir paytda — 1:18 da dunyoga keldi. Marius o‘g‘il ko‘rdi va uni Rid Jozef deb nomladi, Rojers esa qizli bo‘ldi va uni Samanta Linn deya atadi.
Mariusning aytishicha, singlisi ikkovi bir paytning o‘zida homilador bo‘lishni aslo rejalashtirmagan.
Izoh (0)