AQSh huquq-tartibot idoralari xodimlari xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida yarim yil mobaynida 491 kishini otib o‘ldirdi. Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Gazetaga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davrida mazkur ko‘rsatkich 465 kishini tashkil etgan va shu tariqa bunday o‘lim holatlari 6 foizga ko‘paygan. Aksariyat hollarda politsiyachilar jinoyatchilarda o‘qotar qurol bo‘lganida so‘nggi chorani qo‘llashga majbur bo‘lgan.
Joriy yilning olti oyi davomida 20 nafar politsiyachi xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida halok bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davrida ulardan 16 nafari qurbon bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Dallas shahrida afroamerikaliklarning o‘ldirilishiga qarshi o‘tkazilgan namoyish chog‘ida to‘rt nafar politsiyachi otib tashlangani xabar qilingandi.
Izoh (0)