Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafining o‘g‘li Sayf al-Islom bir necha oy muqaddam hibsdan chiqqan edi. Bu haqda, “Al-Mayadin” telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Telekanalning manbalari Sayf al-Islom aprel oyining o‘rtalarida ozod qilinganini aytmoqda. Boshqa tafsilotlar ma’lum emas.