Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasining (CNPC) 1997-yildan buyon Qozog‘iston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 30 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev korporatsiya direktorlar kengashi raisi Van Ilin bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS”.
“1997-yildan buyon kompaniya iqtisodiyotimizga 10 milliard dollar investitsiya kiritdi, yana 20 milliard dollar neft konlari razvedkasiga, neft va gaz quvurlari qurilishiga tikdi. Bu juda katta investitsiya”, — ta’kidladi davlat rahbari.
Uchrashuvda korporatsiyaning respublikadagi faoliyati muhokama qilindi, shu jumladan, uning Qashag‘an loyihasidagi ishtiroki, shuningdek, Qozog‘iston gazining Xitoyga eksporti ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)