Qutqaruvchilar O‘rtayer dengizida EgyptAir samolyoti halokatga uchragan joydan avvalroq topilgan yo‘lovchilar jasadi qoldiqlarining barchasini chiqarib oldi. Bu haqda halokat yuzasidan surishtiruv komissiyasi 3-iyul, yakshanba kuni ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Komissiyaning ma’lum qilishicha, yo‘lovchilarning jasadlari yaqin vaqt ichida Misrning Iskandariya shahriga yetkazilib, u yerda DNK ekspertizasi uchun sud-tibbiy ekspertlarga topshiriladi.
Bayonotda ko‘rsatilishicha, Fransiyaning John Lethbridge kemasi yo‘lovchilar jasadlarining barcha qismlari suvdan chiqarilganligiga ishonch hosil qilish uchun jasadlarni qidirishni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan A320 samolyoti Qohira aeroportiga qo‘nishiga taxminan 35 daqiqa qolganda, endigina Misr havo hududiga kirganda radarlar ekranidan yo‘qolgan edi. Keyinroq uning bo‘laklari Gretsiyaning Karpatos orollaridan topildi. Uning bortida bo‘lgan 10 ekipaj a’zosi va 56 yo‘lovchi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)