Yerning shaharlarda istiqomat qiluvchi aholisi 2100-yilga kelib 9 milliard kishiga yetishi mumkin. Bu haqda Nyu-York universiteti transport siyosati va boshqaruvi markazi ilmiy xodimi Entoni Taunsend ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
1960-yilda sayyoraning shaharlik aholisi 1 milliard kishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning soni 3 milliardni tashkil etdi.
Taunsendga ko‘ra, 2050-yilga kelib shaharliklar 6 milliard kishiga yetishi mumkin. 2100-yilda esa shaharlarda 9 milliard kishi istiqomat qiladi.
Izoh (0)