Qozog‘istonning Ekibastuz shahrida yo‘nalishli taksi konduktori salonda joy talashib, yo‘lovchi ayolning qo‘lini sindirib qo‘ydi. Bu haqda, mahalliy politsiya xabarnomasi asoslanib, “Interfaks” yozmoqda.
Aytilishicha, 28 yoshli konduktor ayol kichik yoshdagi bolasini qo‘yniga olmay, bo‘sh o‘rindiqqa joylashtirgan yo‘lovchi bilan tortishib qolgan va uning qo‘lini sindirib qo‘ygan.
Tibbiyot xodimlari 25 yoshli ayolning qo‘l panjasida sinish borligini aniqladi. Konduktor tegishli modda bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Izoh (0)