Rim papasi Fransiskning samolyoti Yerevandagi “Zvarnots” xalqaro aeroportida qo‘ndi. “Interfaks” agentligining o‘z muxbiriga asoslanib ma’lum qilishicha, pontifikni arman o‘rigi va lavash bilan kutib olindi. Marosimda bolalar xori ham ishtirok etmoqda.
Aeroportning prezidentlik zalida papaning mamlakat rahbari Serj Sargsyan va Katolikos Garegin Ikkinchi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng u Echmiadzin ibodatxonasiga yo‘l oladi.
Pontifikning Armanistonga safari 26-iyunga qadar davom etadi.
Izoh (0)