• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari “Qamchiq” tunneli orqali harakatlanishga birgalikda start berdi

    22-iyun kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da “Angren–Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘li va mazkur ulkan loyiha doirasida qurilgan tunnelning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etdi, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati.

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati

    O‘zbekiston rahbari mazkur g‘oyat ulkan loyihaning amalga oshirilishi muhim tarixiy voqea ekanini, ayniqsa, qurilish ishlari O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida tugallangani uning ahamiyatini yanada oshirganini alohida ta’kidladi.

    Tantanali marosim ochilishi doirasida “O‘zekspomarkaz”dagi tadbir ishtirokchilari bilan Qamchiq dovonida yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘ining ishga tushirilishi munosabati bilan yig‘ilgan mutaxassislar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleko‘prik o‘rnatildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Angren–Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lida dastlabki harakatlanadigan bitta elektrovoz va to‘rtta yo‘lovchi vagondan iborat “O‘zbekiston” poyezdining “Qamchiq” temir yo‘l tunnelidan o‘tishiga ruxsat beruvchi svetoforni yoqish uchun maxsus tugmani bosdi.

    Shundan so‘ng China Railway Tunnel Group kompaniyasi raisi Yuy Baolin va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov birgalikda ushbu poyezdda tunnel orqali sharqiy portal tomonga yo‘l oldi.

    Dastlabki poyezd uzunligi 19,2 kilometrlik yer osti yo‘lini 16 daqiqayu 30 soniyada bosib o‘tdi. Tantanali marosim munosabati bilan tunnelning ikki tomonida yig‘ilgan ko‘p sonli mutaxassislar, temiryo‘lchilar, jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari hamda xorijlik mehmonlar poyezdning o‘tishini juda katta quvonch va shod-xurramlik bilan kutib oldi.

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati

    China Railway Tunnel Group kompaniyasi raisi Yuy Baolin va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov Angren–Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li foydalanishga topshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-iyundagi “‘Angren–Pop’ elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining qurilishini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Qamchiq dovoni bo‘ylab uzunligi 123,1 kilometrni tashkil etadigan yangi temir yo‘l hamda ushbu loyiha doirasida uzunligi 19,2 kilometrdan iborat bo‘lgan temir yo‘l tunneli qurildi.

    Mazkur ulkan qurilishni amalga oshirish maqsadida jami 1 milliard 633,7 million dollarlik mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda tunneldan tashqari ishlarni amalga oshirish uchun jami 810 million dollarlik mablag‘ o‘zlashtirildi.

    Ushbu qurilish obyektida jami 43 million kub metr tuproq, 16,3 million kub metr burg‘ulash va portlatish ishlari bajarildi. Shuningdek, 285 sun’iy inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 kilometr, o‘rtacha balandligi 25 metrni tashkil etuvchi 15 ta temir yo‘l ko‘prigi va oltita yo‘l o‘tkazgich, to‘rtta stansiya, to‘rtta razyezd va ikkita vokzal qurib bitkazildi. 124 kilometrlik temir yo‘l to‘liq elektrlashtirildi va ikkita nim tortish stansiyasi qurildi. Bundan tashqari, mazkur ulkan loyiha doirasida temiryo‘lchilar uchun o‘nga yaqin turar joy binolari ham barpo etildi.

    “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bilan Xitoy Xalq Respublikasining China Railway Tunnel Group kompaniyasi hamkorligida bunyod etilgan tunnel qurilishiga yo‘naltirilgan 455 million dollarlik mablag‘ to‘liq o‘zlashtirildi. Mazkur tunnel dunyo reytingida shu kabi tunnellar ro‘yxatida murakkabligi bo‘yicha sakkizinchi o‘rinni egallaydi.

    Qurilish davrida 4 ming nafardan ziyod ishchi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, shundan 400 nafari muhandislardir. 600 ta maxsus texnikalardan unumli foydalanilganligi loyihani muddatidan ilgari, sifatli qilib nihoyasiga etkazishga omil bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, temir yo‘ldan foydalanish davrida 1,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

    “Angren–Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘li Farg‘ona vodiysi viloyatlarini mamlakatning qolgan hududlari bilan bog‘lab, O‘zbekistonda yagona milliy temir yo‘l tizimini yaratish borasidagi rejalarni to‘liq amalga oshirishga zamin yaratdi. Tahlillarga ko‘ra, ushbu temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi yiliga 10 million tonna xalq xo‘jaligi yuklarini tashish, dastlabki yilda esa 600 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.

    Shu bilan birga, “Xitoy–Markaziy Osiyo–Yevropa” yangi xalqaro tranzit temir yo‘l koridorining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini bundan-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

    22.06.2016, 19:51   Izoh (0)   27532
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Smart Kids bilan birga farzandingiz iste’dodini kashf eting!

    22.06.2016, 18:29

    ShHT munosabati bilan 23—24-iyun kunlari Toshkentning qator ko‘chalarida harakat cheklanadi

    22.06.2016, 18:04

    Toshkentda ShHTga a’zo mamlakatlar madaniyat vazirlari yig‘ilishi qatnashchilari sharafiga konsert tashkil etildi

    22.06.2016, 16:39

    O‘zbekistondagi maishiy texnika ichki bozorida mahalliy mahsulot ulushi yanada ko‘payishi kutilmoqda

    22.06.2016, 16:23

    Toshkentda ShHTga a’zo mamlakatlar madaniyat vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    22.06.2016, 16:02

    O‘zbekistonda avvalgi yillarda o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning hujjat topshirishi pullik bo‘lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi

    22.06.2016, 15:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda uchayotgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:30

    AQSH G‘arbiy Sohildagi falastinliklar cherkoviga hujumni terrorchilik harakati deb atadi

    Dunyo | 20 iyul, 17:10

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.